Haftalik

Haftalik yangiliklar

Davlat xaridlarida 9,1 milliard so‘mdan ortiq qonunbuzarlik holatlari aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida umumiy qiymati 9,1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan davlat xaridlarida qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

Qo‘mita hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida bir qator tashkilot va muassasalarda xarid jarayonlarida qonun talablari buzilganligi ma’lum bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyatida Qarshi davlat universiteti buyurtmachiligida o‘tkazilgan tanlov savdosida baholash jarayonida noxolislikka yo‘l qo‘yilgan. Natijada maxsus komissiya tomonidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli ko‘rsatma berilgan.

Navoiy viloyatida Mahallalar uyushmasining Navbahor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan 7 ta tenderning barchasida qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. Tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, sud organlariga ma’muriy choralar ko‘rish yuzasidan ma’lumotlar yuborilgan.

Namangan viloyatida Pop “Muruqqat” erkaklar internat uyi tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonun buzilishi holatlari aniqlanib, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid harakatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Jizzax viloyatida Forish tuman hokimligi tomonidan o‘tkazilgan tanlov savdosida qonun talablariga zid holatlar qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Farg‘ona viloyatida “Qamchiqavtoyo‘l” korxonasi tomonidan 900 million so‘mlik xarid jarayonida o‘zaro affillangan korxonalar ishtiroki aniqlanib, ularga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha chora ko‘rilgan.

Buxoro viloyatida “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ tomonidan o‘tkazilgan 500 million so‘mlik tenderda takliflarni baholash mezonlari to‘liq joylashtirilmagani aniqlanib, ushbu korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahrida esa “O‘zbekiston Milliy Elektr Tarmoqlari” AJ tomonidan o‘tkazilgan 7,3 milliard so‘mlik tanlov savdosida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid holatlar qayd etildi.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan aniqlangan barcha qonunbuzarlik holatlari yuzasidan ishlar qo‘zg‘atilib, tegishli tashkilotlarga majburiy bajarilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

One thought on “Davlat xaridlarida 9,1 milliard so‘mdan ortiq qonunbuzarlik holatlari aniqlandi

  1. 🍀 vòng quay may — Vào trang, nhập các lựa chọn và bấm nút quay: kết quả “rơi” ra tức thì! Bạn có thể bật không lặp lại, điều chỉnh tốc độ, âm thanh, tỷ trọng xuất hiện cho từng lát cắt để tăng độ công bằng. Rất hợp cho chia nhóm, điểm danh, bốc đề, quay quà nhỏ trong team. Giao diện tối giản, không cần đăng ký, tải nhanh trên mọi thiết bị 📱💻. Link có thể chia sẻ để cả nhóm cùng tham gia và đếm ngược hồi hộp 🎉. Lịch sử được lưu lại giúp bạn kiểm soát nhiều vòng quay liên tiếp.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *