2025-yilning dastlabki sakkiz oyida skuter va mopedlar ishtirokida 300 dan ortiq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Buxoro viloyati YHXB matbuot xizmatining ma’lum qildi.
Oqibatda 53 nafar fuqaro vafot etgan, 259 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab moped va skuter haydovchilari haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi shart. Shuningdek, ushbu transport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, alohida davlat raqami belgilari bilan ta’minlanishi lozim.
Mazkur tartib dvigatel hajmi 25–50 sm³ yoki elektr dvigateli quvvati 0,25–4 kilovatt bo‘lgan, konstruktiv tezligi soatiga 25–50 km bo‘lgan moped va skuterlar uchun amal qiladi.