Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida bugun bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad) ishi bo‘yicha sud majlisi 2-oktyabr sanasiga qoldirildi.
Himoyachi ma’lumotiga ko‘ra, sud majlisining qoldirilishiga sudyaning betobligi sabab bo‘lgan.
Ma’lumki, shu yilning 10-may kuni qamoqqa olingan Mubashshir Ahmad qariyb 5 oydan buyon hibsda saqlanmoqda.