Surxondaryoda ijtimoiy tarmoqda aqidaparastlik materialini tarqatgan shaxs 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda viloyat sudi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, sudlanuvchi U.A. oʻz telefonida “Odnoklassniki” messenjeri orqali 2019-yilda Abdulloh domla (Abdugʻani Umarov)ning “Jannatga oshiqlar” nomli aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼruzasiga layk bosib, uni virtual doʻstlariga tarqatgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Qumqoʻrgʻon tuman sudining 2025-yil 1-iyuldagi hukmiga koʻra, fuqaroga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash belgilandi.
“Sudlanuvchi U.A. tomonidan sodir etilgan mazkur jinoyat ogʻir turga mansubligi tufayli unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan”, — deyiladi sud axborotida.