Haftalik

Haftalik yangiliklar

Rossiyada Jaloliddin Ahmadaliyev konsertiga “OMON” bostirib kirdi

Nop

Krasnoyarsk o‘lkasi Yemelyanovskiy tumanida o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida o‘zbekistonlik estrada xonandasi Jaloliddin Ahmadaliyev konserti to‘xtatildi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, “Korona” restoranida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda 600 dan ortiq kishi to‘plangan bo‘lib, xavfsizlik kuchlari tomonidan hujjatlar tekshirildi va xizmat itlari jalb qilingan holda tintuv o‘tkazildi. Bir guruh shaxslar politsiya kuzatuvida zal tashqarisiga olib chiqilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir davomida jami 620 kishi tekshirilib, ulardan 210 nafari chet el fuqarolari ekani aniqlangan. Ularning yonidan muomalaga chiqarilishi taqiqlangan buyum yoki moddalar topilmagan.

Qo‘shimcha tekshiruv uchun 26 kishi idoraga olib ketilgan, shundan 8 nafari Rossiya hududida noqonuniy bo‘lgan shaxslar sifatida qayd etilgan.

Natijada Rossiya Federatsiyasida bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun 19 ta ma’muriy bayonnoma tuzilgan, shuningdek, soxta ro‘yxatga olish bo‘yicha 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

3 thoughts on “Rossiyada Jaloliddin Ahmadaliyev konsertiga “OMON” bostirib kirdi

  1. Ha, bu matnni oqish uchun vaqt sarflashga bolmaydi! Biroq, men bu maxsus xavfsizlik tadbirlaridan xushchaqchaq gapirmoqchim. Shu 620 kishilik guruhda men ham bolishim kerak bolsa, xavfsizlik kuchlari meni ham soxta royxatga olish uchun tekshirib berishadi yoki yoq? Aytaymiz, agar topishlarsa, qaysi 3 ta jinoyatim borligini? Buni bilishim kerak! Biroq, bu holat Rossiyada juda rivojlangan korinadi. 😄

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *