Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda shovqin darajasini tartibga soluvchi qonun loyihasi qaytarildi

Qn

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Loyiha bilan fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqt amaldagi 23:00–06:00 dan 23:00–07:00 gacha, dam olish va bayram kunlari esa 22:00–09:00 gacha etib belgilanishi taklif qilinmoqda. Ushbu vaqtda osoyishtalikni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda ruxsat etilgan me’yorlardan yuqori shovqin bilan bog‘liq qurilish va ta’mirlash ishlarini ish kunlari 09:00–18:00 oralig‘ida bajarish mumkinligi ko‘rsatildi.

Ayni paytda qonun loyihasi takomillashtirish uchun mas’ul qo‘mitaga qaytarildi.

Amaldagi sanitariya me’yorlariga ko‘ra, turar joylarda kunduzi (07:00–23:00) shovqin 55 dBA, kechasi (23:00–07:00) esa 45 dBA dan oshmasligi lozim.

One thought on “O‘zbekistonda shovqin darajasini tartibga soluvchi qonun loyihasi qaytarildi

  1. This law proposal seems fair as it aims to reduce noise pollution during rest hours, though stricter penalties might be necessary. The suggested working hours for renovations also seem reasonable.MIM

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *