Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida inson a’zolari va to‘qimalari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoyat guruhi fosh etildi.
Toshkent shahri hamda Toshkent, Farg‘ona, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi 12 nafar shaxs bemorlarni va donorlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali topib, hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan ularni qo‘shni davlatlardagi xususiy klinikalarda operatsiya qildirgan. 2023–2025-yillar davomida 32 nafar bemorga buyrak yoki jigar to‘qimalari ko‘chirib o‘tkazilgan.
Amaliyotlardan tushgan pullarning bir qismi klinika va donorlar o‘rtasida taqsimlangan, qolgan mablag‘ jinoyat guruhiga o‘tgan. Shuningdek, operatsiyadan keyin sog‘lig‘i yaxshilanmagan bemorlarga kuchli ta’sir qiluvchi dorilar qimmat narxlarda sotilgan.
Guruh a’zolariga nisbatan JKning 133¹, 228, 246 va 273-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari yakunlandi. Hozirda ish sudga yuborilgan.
This article is disturbing. Its awful to think that peoples organs are being traded like goods. The criminals involved should be severely punished. Its a dark side of medicine that needs to stop.no, i’m not a human 来訪者 一覧
This is appalling. Trading human organs is inhumane. The criminals must face severe consequences for exploiting vulnerable people. Such dark acts must stop.watermark ai remover