Haftalik

Haftalik yangiliklar

Surxondaryoda hakamlik sudi xodimi qo‘lga olindi

Obg

Surxondaryo viloyati Mediasiya va yuridik maslahatlar huzuridagi hakamlik sudining kadrlar bo‘limi boshlig‘i ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqida Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u Termiz shahrida yashovchi fuqaroni viloyat Bojxona boshqarmasiga ishga joylashtirish evaziga 1000 AQSh dollari talab qilgan.

DXX va shahar prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi ochilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *