O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentyabr holatiga chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 16 946 taga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Shundan 4 144 tasi qo‘shma korxonalar, 12 802 tasi esa xorijiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi besh yil davomida bunday korxonalarning umumiy soni 1,3 barobarga oshdi. Shu bilan birga, xorijiy korxonalarning jamiga nisbatan ulushi 53,4 foizdan 75,5 foizgacha ko‘tarildi.
Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahriga – 63,9 foiz, viloyatlar orasida esa Toshkent viloyati – 12,6 foiz, Samarqand viloyati – 3,7 foiz va Farg‘ona viloyati – 3,4 foizga to‘g‘ri kelmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, respublikada chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar orasida yetakchi o‘rin Xitoyga tegishli bo‘lib, 4 420 ta korxona bilan birinchi o‘rinda turibdi.