Haftalik

Haftalik yangiliklar

“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumida ayrim loyihalar uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi

Kon

“Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 2-mavsumida g‘olib bo‘la olmagan 35 ta loyiha uchun qo‘shimcha moliyalashtirish ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari qaroriga muvofiq, mazkur loyihalar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Ularning umumiy qiymati 47 milliard 657 million so‘mni tashkil etib, qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.

Qo‘shimcha mablag‘ ajratilgan loyihalardan 10 tasi Andijon viloyatiga to‘g‘ri keladi. Qolgan hududlarda esa bir donadan besh donagacha loyiha moliyalashtiriladi.

“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan 31-avgustgacha davom etib, natijalar 1-sentyabrda e’lon qilingan. Mamlakat bo‘ylab jami 11 milliondan ortiq ovoz berishda 2 ming 332 ta loyiha g‘olib bo‘lib, ularga qariyb 3,2 trillion so‘m yo‘naltirilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, 2025-yilda “Tashabbusli byudjet” jarayonining ikki mavsumi uchun davlat byudjetidan 5,4 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy moliyalashtirish hajmi 6 trillion so‘mga yetishi rejalashtirilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *