Haftalik

Haftalik yangiliklar

Turkiyadagi o‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Trr

Istanbul shahrida norozilik namoyishlari kuzatilayotgani ortidan Turkiyadagi o‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi.

Turkiya hukumati tomonidan xavfsizlik chorasi sifatida 11-sentabrgacha 6 tumanda, jumladan Beshiktosh tumanida (Bosh konsullik joylashgan) ommaviy tadbirlarga vaqtinchalik taqiq joriy etildi. Shuningdek, xorijiy messenjerlardan foydalanishda ayrim cheklovlar mavjud.

O‘zbekiston fuqarolariga:

  • odam gavjum joylardan yiroqda bo‘lish;

  • namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik;

  • mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish tavsiya etiladi.

Favqulodda vaziyatlarda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulligiga quyidagi telefon orqali murojaat qilish mumkin:
 +90 (212) 909 08 04

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *