Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentda milliy karshering platformasi yo‘lga qo‘yiladi

Gt

Strategik islohotlar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Tungi iqtisodiyotni rivojlantirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasiga muvofiq, poytaxtda yil yakuniga qadar milliy karshering platformasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Pilot loyiha turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan Mirobod, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida amalga oshiriladi.

Platformani yaratish va uni ishga tushirish vazifasi Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligiga yuklatilgan.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimligiga davlat-xususiy sheriklik asosida avtomatik veloshering loyihasini ishlab chiqish va pilot tarzda yo‘lga qo‘yish vazifasi ham topshirilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *