Haftalik

Haftalik yangiliklar

Samarqandda chinorlar kesib tashlandi

Bgf

Amir Temur maqbarasi atrofidagi ayrim chinorlar ko‘p yillik tashqi ta’sirlar oqibatida mustahkamlik xususiyatini yo‘qotgan, tanasida g‘ovaklar hosil bo‘lgan va yo‘l tomon 40 darajaga og‘ib qolgan. Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabariga ko‘ra, ularning aholiga va turistlarga xavf tug‘dirishi mumkinligi inobatga olingan.

Boshqarmaning ma’lum qilishicha, daraxtlarni kesish uchun belgilangan tartibda 22-avgust kuni ruxsatnoma olingan bo‘lib, mazkur qaror Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining arizasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xatiga asosan qabul qilingan.

Hujjatga ko‘ra, kesilgan har bir chinor o‘rniga qimmatli turlardan bo‘lgan 10 ta daraxt ko‘chati ekilishi va ular ikki yil davomida parvarish qilinishi belgilangan. Ushbu ishlarni amalga oshirish mas’uliyati Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasiga yuklatilgan.

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi yaqin kunlarda yangi chinor ko‘chatlari ekilishi va Amir Temur maqbarasi atrofida yashil hudud tiklanishini ma’lum qildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *