Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentda 8-sentabrdan 10-oktabrgacha ichimlik suvi o‘chiriladi

Sv

Poytaxtda suv quvurlari va tarmoqlarida profilaktika ishlari hamda qishki mavsumga tayyorgarlik doirasida ichimlik suvi bosimi pasayishi yoki vaqtincha o‘chirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” ma’lum qildi.

Bir kunlik uzilishlar 8-sentabrdan 10-oktabrgacha turli tumanlarda amalga oshiriladi. Suv ta’minoti to‘xtatiladigan hududlarga maxsus avtosisternalar yuboriladi.

Suv uzilishi yoki bosim pasayishi jadvali bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon raqamlari:

  • Markaziy dispetcherlik xizmati: 71 256-10-95, 71 252-60-08; 1054

  • Mirzo-Ulug‘bek tumani: 71 266-39-53

  • Olmazor tumani: 71 246-99-57

  • Uchtepa tumani: 71 274-83-45

  • Yashnobod tumani: 71 293-44-32

  • Yunusobod tumani: 71 235-25-64

  • Sergeli tumani: 71 258-96-32

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *