O‘zbekistonning Livanga yangi tayinlangan elchisi Abdusalom Xatamov (qarorgohi Maskat shahrida joylashgan) ushbu mamlakat Prezidenti Jozef Aunga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri xabar berdi.
Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqotda Prezident Jozef Aun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga elchi tayinlangani uchun minnatdorlik bildirib, salomlarini yo‘lladi.
Shuningdek, O‘zbekiston elchisi Livan tashqi ishlar vaziri Yusuf Rajji bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladi. Turli darajadagi ikki tomonlama tashriflar tashkil qilish, madaniyat kunlarini o‘tkazish va turizm almashinuvini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.
Ma’lumot uchun, Abdusalom Xatamov 2024-yil 4-fevral kuni O‘zbekistonning Umondagi elchisi sifatida Maskat shahriga tashrif buyurgan hamda mart oyida Sulton Haysam bin Toriq Ol Saidga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.