Haftalik

Haftalik yangiliklar

Turkiya va Bolgariyada halok bo‘lgan 6 nafar o‘zbekistonlik jasadi vatanga olib kelindi

Js

Turkiya va Bolgariyada halok bo‘lgan 6 nafar o‘zbekistonlik jasadi vatanga olib kelindi, deb xabar bermoqda Bosh konsulxona axborot xizmati.

Js

Istanbuldagi Bosh konsulxona tomonidan jazoni ijro etish muassasalari, deportatsiya markazlari, politsiya, sud idoralari va shifoxonalarga tashriflar amalga oshirilgan. Turkiya va Bolgariyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatilgan.

Turkiyada vafot etgan 5 nafar o‘zbekistonlik hamda Bolgariyaning Sozopol shahrida cho‘kish oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini vatanga olib kelish xarajatlari davlat hisobidan qoplab berilgan.

Shuningdek, shifoxonalarda davolanish jarayonida katta qarzga tushgan 12 nafar fuqarolarga chegirmalar qilinib, ularning vatanga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Turkiyada hujjatsiz qolgan 27 nafar o‘zbekistonlikka yordam berilib, zarur hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *