O‘zbekistonda iyul oyi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha kompensatsiya pullari to‘liq moliyalashtirildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Prezidentning 2-apreldagi qaroriga asosan, ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi bo‘yicha 150 kVt va tabiiy gaz bo‘yicha 150 kub metrgacha bo‘lgan me’yor ortig‘i uchun bazaviy va oshirilgan narxlar o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, iyul oyida skoring natijalariga asosan, 278,1 ming oilaga jami 5,8 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi. Bu ko‘rsatkich iyun oyiga nisbatan 71,3 ming oilaga ko‘proq.
Kompensatsiya pullarining taqsimoti quyidagicha:
-
elektr energiyasi uchun – 5,2 mlrd so‘m;
-
tabiiy gaz uchun – 606 mln so‘m.
Taqqoslash uchun: may oyida 152,6 ming oilaga 3,2 mlrd so‘m, iyun oyida esa 216,4 ming oilaga 4,2 mlrd so‘m kompensatsiya to‘langan.
Barcha mablag‘lar AT “Xalq banki” orqali to‘liq moliyalashtirildi.