Haftalik

Haftalik yangiliklar

Erkin Turdimov majburiy mehnat bo‘yicha Xovos hokimiga “hayfsan” berdi

Sdd

Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi holat viloyat hokimi Erkin Turdimov topshirig‘i bilan atroflicha o‘rganildi.

Sdd

Muhokamada hokimlik mutasaddilari, mas’ul tashkilotlar va maktab vakillari ishtirok etib, masala batafsil tahlil qilindi. Jumladan, tuman hokimi U.Yo‘ldoshev, tuman hokimining o‘rinbosari A.Rasulov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri v.b. R.Elchiyev, 9-maktab direktori D.Qodirberdiyev hamda ushbu maktabning matematika fani o‘qituvchisi F.Murtozoqulov o‘z fikr va izohlarini bildirdi.

Jarayonda maktab direktori ta’lim muassasasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tezkor tashkil etish maqsadida tashabbus ko‘rsatganini, bu ishlar o‘qituvchilar roziligi asosida hashar shaklida amalga oshirilganini ta’kidladi. Shuningdek, u maktabga yaqinda rahbar sifatida tayinlanganini, muassasada sog‘lom muhit to‘liq shakllanmaganini, guruhbozlik holatlari kuzatilayotganini hamda dars taqsimoti bo‘yicha murojaatchi tomonidan e’tirozlar bildirilganini bayon etdi.

O‘rganishlar yakunida ta’lim muassasalarida yetarli nazorat o‘rnatilmagani va targ‘ibot-tashviqot ishlari samarali olib borilmagani aniqlanib, tuman hokimi U.Yo‘ldoshevga “Hayfsan” intizomiy jazosi e’lon qilindi.

Shuningdek, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri v.b. R.Elchiyevga intizomiy jazo berilishi, 9-maktab direktori D.Qodirberdiyevning lavozimiga muvofiqligi bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazilishi belgilandi.

Viloyat rahbari ta’lim muassasalarida qonuniylikni qat’iy ta’minlash, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik va bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *