Haftalik

Haftalik yangiliklar

Suv resurslarini boshqarish raqamli asosga o‘tkaziladi

210092 d840f3b88bab6607e27299c5b5fa

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028 yillarga mo‘ljallangan dasturi tasdiqlandi.

Hujjat bilan sohani raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi:

  • alohida muhim suv xo‘jaligi obektlarida suvning yagona onlayn hisobini yuritish tizimini joriy etish, davlat chegarasida olinayotgan suv miqdorini kuzatish imkoniyatini yaratuvchi kamida 300 ta raqamli suv o‘lchash qurilmasini o‘rnatish hamda markazlashgan ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish;
  • 12 080 ta meliorativ kuzatuv qudug‘ida suv sarfi hisobini monitoring qilish va 1 750 ta nasos agregatining suv sarfi hisobini yuritish;
  • 12 ta yirik suv xo‘jaligi obektini avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkazish;
  • suv xo‘jaligi obektlarini xususiy sektor boshqaruviga berish orqali DXSh obektlarida xarajatlarni 15 foizga qisqartirish.

Suv resurslarini oqilona boshqarish, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika suv kengashining tarkibi va uning asosiy vazifalari tasdiqlandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *