Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda yarim yilda qancha yangi maktab qurilgani ochiqlandi

720 80 beab9cd23117f63a05940fc5c99e8c3b

O‘zbekistonda yarim yilda 68 ta yangi maktab qurilgani ma’lum qilindi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilningyanvar-iyun oylarida respublikada ishga tushirilgan maktablar soni 68 tani tashkil etdi.

Ularning 34 tasi qishloq joylarga to‘g‘ri keladi. Hududlar bo‘yicha yangi maktablar soni quyidagicha:

  • Andijon viloyati –  35 ta;
  • Buxoro viloyati – 19 ta;
  • Xorazm viloyati – 7 ta;
  • Namangan viloyati – 6 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Resp. – 1 ta.

Mamlakatda 2023/2024-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari (maktab) soni 10 750 tani tashkil etgan. Joriy yilda yangi maktablar qurish uchun Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb qilindi. Buning evaziga yangi maktablar qurilib, 72 mingta o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

Yangi o‘quv yilida O‘zbekistonda mavjud 10 170 tadan ortiq umumtaʼlim maktablarida 6,7 million nafar o‘quvchi taʼlim olishni boshlashi kutilmoqda. Shuningdek, yangi o‘quv yilida respublikada 30 dan ortiq yangi maktablar o‘z faoliyatini boshlaydi.

Joriy yilda ijtimoiy, ishlab chiqarish dasturlari va boshqa manbalar hisobidan 379 ta maktabda qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va buning natijasida 112 minga yaqin o‘quvchi o‘rni yaratilishi, 73 mingtadan ortiq o‘rinli o‘quv binolari mukammal taʼmirlanishi rejalashtirilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *