Haftalik

Haftalik yangiliklar

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘lad

F 4lqzth7eprovrsbtqweu5bb4acgpiv

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Prognozlarga ko‘ra, havo harorati 35-37 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha nisbatan nam va biroz issiq bo‘lgan kuchsiz havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Mamlakat hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat yakshanba kuni 32-35 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat asosan 20-22 daraja bo‘ladi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *