Haftalik

Haftalik yangiliklar

Banklarda mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi pasaydi

720 80 cbb4885edcf4c3e1de11c3b0d1159527

Markaziy bank 18-avgust holatiga ko‘ra banklar kesimida aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini elon qildi.

Unga ko‘ra, mikroqarz o‘rtacha foiz stavkasi bir hafta davomida biroz (0,2 foizga) pasayib, 36,1 foizni tashkil qildi.  Banklar kesimida eng yuqori mikroqarz stavkasi TBC Bank’da bo‘lib, u 42,4 foizni tashkil etdi. Eng past stavka Aloqabankda kuzatilib, 21,8 foizni tashkil etdi.

Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha yillik foiz stavkasi oshib, 23,8 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 24,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,2 foizni ko‘rsatmoqda. 11-avgustda avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 23,7 foizni tashkil etgandi.

Eng maqbul stavkani “Ipoteka bank” (21,3 foiz) taklif etmoqda, eng yuqori stavka esa Infinbank’ga tegishli (28 foiz).

Avtomobil ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar tijorat banklari bilan kelishuv asosida qulay shartlardagi (masalan avtomobil narxining boshlang‘ich badal summasidan kelib chiqib) past foizli avtokreditlar taklif etishlari mumkinligi va banklarda kredit ajratish shartlarining tez-tez o‘zgarib turishi sababli, yuqorida qayd etilgan o‘rtacha foiz stavkalari va amaldagi o‘rtacha foiz stavkalari o‘rtasida farq yuzaga kelishi mumkin.

Markaziy bank 2025-yilning 2-iyulidan boshlab, har hafta banklardagi mikroqarz va avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilib kelmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *