Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentda YTH oqibatida 19 yoshli skuter yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Photo 2025 08 05 11 26 33

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yuz bergan yo‘l transport hodisasida 19 yoshli skuter yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 2-avgust kuni soat 19:10 larda Yangihayot tumani KXAY ko‘chasi 58-uy qarshisida yuz bergan. Unda Lacetti, skuter va Isuzu rusumli yuk-transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida skuter yo‘lovchisi bo‘lgan, 2006-yilda tug‘ilgan M.S. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *