Haftalik

Haftalik yangiliklar

Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi belgilandi

A5jjwog7thd 0hfiavnxxmj3yrdy4xmo

Hukumat qarori bilan “Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 

Nizomga ko‘ra, raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislarning malakasi har 2 yilda oshiriladi.

Mutaxassislarning malakasini oshirish o‘z ixtisosligi bo‘yicha kamida 1 yillik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun tashkil qilinadi.

Mutaxassislar malakasini oshirish bevosita va (yoki) bilvosita tashkil etiladi.

Malaka oshirish muassasalari tomonidan mutaxassislarning malakasini oshirish kamida 36 akademik soat hajmda tashkil etiladi.

Malaka oshirish bo‘yicha yakuniy nazorat o‘qish davrida olingan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni aniqlashga qaratilgan og‘zaki yoki yozma imtihon yoxud suhbat shaklida o‘tkaziladi.

Malaka oshirish muassasalarida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan mutaxassislarga belgilangan shakldagi sertifikat beriladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *