Haftalik

Haftalik yangiliklar

Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi

Photo 2025 07 28 14 28 44

Namangan viloyatida ikki nafar o‘smir kanalda cho‘kib, vafot etdi.

Viloyat FVB matbuot xizmatining xabar qilishicha, voqea 23-iyul kuni yuz bergan. 15-16 yoshlar atrofidagi bir necha yigitlar Shimoliy Farg‘ona kanalining Namangan tumani Mirishkor qishlog‘i hududidan o‘tgan qismiga cho‘milish uchun tushgan. Ularning ikki nafari suvdan qaytib chiqmagan.

Cho‘kib ketgan yigitlardan birining jasadi 25-iyul kuni topilgan. Ikkinchi yigitning jasadi hali ham qidirilmoqda. Qidiruv ishlariga Namangan, Chust va Pop tumanlaridan qutqaruvchilar va g‘avvoslar, shuningdek, viloyat yong‘in-qutqaruv otryadi xodimlari jalb etilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *