Haftalik

Haftalik yangiliklar

Andijonda 13,8 mlrd, Farg‘onada 6,1 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanganlar ushlandi

Gas flame

Gazdan noqonuniy foydalanish evaziga Andijondagi zapravka davlatga 13,8 mlrd so‘m, Farg‘onadagi mineral o‘g‘itlar sexi 6,1 mlrd so‘m zarar yetkazdi.

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida joylashgan “Oltinko‘l gaz oil” MCHJga qarashli gaz zapravka “Hududgaztaʼminot” AJ korxonasiga 13,8 mlrd so‘m zarar yetkazdi. Maʼlum bo‘lishicha, zapravka hisoblagich va o‘lchov uzellariga belgilangan tartibda plombalar o‘rnatmagan. Oqibatda 4,6 mln kub metr gazdan noqonuniy foydalangan. Mazkur holat “Hududgaztaʼminot” hamda prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazgan reyd tadbirida fosh etilgan.

Gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanish bilan bog‘liq keyingi holat Farg‘ona viloyatida aniqlangan. Bugun, 23-iyul kuni viloyat prokuraturasi, “Hududgaz Farg‘ona” GTF va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari ishtirokida Qo‘qon shahar “Marg‘ilon Darvozasi” MFYda reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, Hojirabot 1-tor ko‘chasi 16-uyda joylashgan “XXX Fayoz” MCHJga tegishli meneral o‘g‘itlar ishlab chiqarish sexi noqonuniy ravishda tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, yonilg‘idan tijorat maqsadlarida foydalangan.

Qayd etilishicha, tadbirkor 2 mln 30 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, “O‘zenergoinspeksiya” gaz taʼminot filiali manfaatlariga 6 mlrd 90 mln so‘m zarar yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *