Haftalik

Haftalik yangiliklar

Qirg‘izistondagi YTHda 18 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Photo 2025 07 22 12 14 16

Qirg‘izistonda avtomobil jarlikka qulashi oqibatida 18 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 21-iyul kuni So‘x tumanida yashovchi voyaga yetmagan, 2007-yilda tug‘ilgan S.S. Nexia-3 avtomashinasini So‘x—Rishton avtomobil yo‘lining Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati Bujay ayili hududida haydab ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida jarlikka ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatda haydovchi S.S. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hurmatli fuqarolar, voyaga yetmagan va tajribasiz farzandlaringizga avtomobil kalitini ishonib topshirmang”, deya ogohlikka chaqirdi Farg‘ona viloyati YHXB matbuot xizmati.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *