Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

Photo 2025 07 18 08 54 00

Poytaxtning Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KHAY) bir tomonlama yo‘nalishi transport harakatlari uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.

Shayxontohur tumani KHAY yo‘lining Beruniy ko‘chasi kesishmasidan Beshqayrog‘och ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismi 18-iyul soat 12:00 dan — 22-iyulgacha harakat uchun yopiladi. Bunga mazkur yo‘lda qurilish-montaj ishlari olib borilishi sabab sifatida keltirilgan.

Shu munosabat bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali harakat qiladi.

34-sonli avtobus Shifokorlar shaharchasi  — Chilonzor metro bekati yo‘nalishida:
Beruniy ko‘chasi  — Nurafshon  — Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.

64-sonli avtobus yo‘nalishi
Paxtakor metro bekati — Birlik mavzesi yo‘nalishida Nurafshon — Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

87-sonli avtobus Qora Qamish 2/4 mavzesi  — Chilonzor 30-daha yo‘nalishida Beruniy  — Nurafshon  — Ko‘kcha darvoza ko‘chasidan yuradi.

116-sonli avtobus Shifokorlar shaharchasi  — Chilonzor buyum bozori yo‘nalishida Beruniy — Nurafshon  — Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

131-sonli avtobus Olimpiya mehmonxonasi  — Do‘stlik-2 mavzesi yo‘nalishidan Beruniy  — Nurafshon  — Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali yuradi.

147-sonli avtobus Chorsu savdo markazi ASHB  — Chinni bozori yo‘nalishida Beruniy  — Nurafshon  — Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

Boshqarma yo‘l harakati ishtirokchilaridan muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *