Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tartibi belgilandi

Em7qyq16318588958334 l

Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘i bilan Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyoti tasdiqlandi.

Mazkur uslubiyot ko‘chmas mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlarda ommaviy baholashdan o‘tkazish jarayoni va tartib-taomillarini belgilaydi. Uslubiyot baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning baholash faoliyatiga nisbatan qo‘llanmaydi.

Ommaviy baholash ishlari prezidentning 2025-yil 5-martdagi farmoniga muvofiq quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • 2025–2026-yillarda – eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;
  • 2026–2027-yillarda – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;
  • 2027-yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.

Respublika miqyosida va alohida hududlarda, shu jumladan, urbanizatsiya jarayonlari va infratuzilmaning rivojlanishi, narxlar darajasi va boshqa bozor ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining topshirig‘i asosida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (bundan buyon matnda agentlik deb yuritiladi) tomonidan respublikaning alohida tuman (shahar)laridagi ko‘chmas mulk obyektlarini ommaviy baholashdan o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi.

Buyruqda ommaviy baholashni o‘tkazish yili, obyekt qiymatini aniqlash sanasi, hududi va ommaviy baholash natijalarini tasdiqlash uchun topshirish muddatlari nazarda tutilishi lozim. Buyruq ommaviy baholash o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki oy oldin qabul qilinadi.

Kadastr agentligi ijro etuvchi organning so‘roviga ko‘ra 5 ish kuni ichida ommaviy baholash o‘tkaziladigan obyektlar ro‘yxatini, shu jumladan, avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali taqdim etilishini taʼminlaydi.

Ro‘yxatda obyektlarning joylashuvi, ularning tavsiflari va xususiyatlari, obodonlashtirish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjudligi hamda obyektlarning qiymatini aniqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa xususiyatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar bo‘lishi lozim.

Ko‘chmas mulk bozorini tahlil qilishda quyidagilar ko‘rib chiqilishi lozim:

  • mavjud bino va inshootlar (segment bo‘yicha turar va noturar);
  • yangi qurilgan obyektlar;
  • obyektlarning muhandislik-kommunikatsiyalar bilan taʼminlangani;
  • transport va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanish darajasi;
  • ekologik holat;
  • aholi soni, qurilish zichligi va boshqalar.

Ijro etuvchi organ tomonidan obyektlarning qiymatini aniqlashda obyektning joylashuvi, tavsiflari va xususiyatlaridan kelib chiqib qiyoslash, xarajat va daromad yondashuvlaridan biri qo‘llanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *