Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi

Olimlarning fikricha, sog‘lom qarishning asosiy omillari – jismoniy (havo sifati) va ijtimoiy (jumladan, gender tengligi, ijtimoiy-iqtisodiy) holat.Ma’lum bo‘lishicha, yashayotgan manzil odamning qarishini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Buni Nature Medicine jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot natijalari ko‘rsatdi, deb xabar berdi Science Focus.Yangi ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Daniya odamlarning sekinroq qarishi va sog‘lom turmush tarzini olib borishi uchun eng yaxshi ekologik, ijtimoiy va siyosiy sharoitlarni yaratgan. Ushbu tadqiqot davomida mutaxassislar guruhi 40 mamlakatda yashovchi 160 mingdan ortiq odam haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi.Ma’lum bo‘lishicha, Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikaga qaraganda yevropaliklar sog‘lom qarishning eng yuqori ko‘rsatkichlarini namoyish etgan. Sog‘lom qarishning eng past ko‘rsatkichlari kam daromadli mamlakatlarda ko‘proq uchragan.Shuningdek, Misr aholisi dunyoda eng tez qarishi aniqlangan. Ularning o‘rtacha taxmin qilingan yoshi xronologik yoshidan 2,35 yilga kichik edi. Keyingi o‘rinlarda Janubiy Afrika va Janubiy Amerika davlatlari. Shuningdek, Yevropaning sharqiy va janubiy qismida ham odamlarning tez qarishi kuzatilgan.Olimlarning fikricha, sog‘lom qarishning asosiy omillari – jismoniy (havo sifati) va ijtimoiy (jumladan, gender tengligi, ijtimoiy-iqtisodiy) holat. Bundan tashqari, sog‘lom qarish siyosatchilarning shaxs manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi, siyosiy partiyalar erkinligi va saylov huquqi, demokratik saylovlar o‘tkazilishi bilan chambarchas bog‘liq.Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tez qarigan odamlar kundalik vazifalarni bajarishda 8 baravar ko‘proq qiyinchiliklarga duch keladi va kognitiv qobiliyati to‘rt barobar ko‘proq yomonlashadi.