Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida xaridorni pichoqlagan do‘kon sotuvchisi 11 yilga qamaldi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Qo‘qon shahar Uchqo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi fuqaro uyining oldida joylashgan, o‘ziga tegishli oziq-ovqat do‘konida savdo qilayotgan vaqtida kuzatilgan. Shu yerda xaridor shaxs o‘simlik yog‘ini so‘ragan.
Sotuvchi esa mahsulot yo‘q ekanini aytgan. Shundan so‘ng xaridor qo‘pol tarzda kerakli mahsulotlar olib kelib qo‘yishini aytgach o‘zaro janjal yuzaga kelgan. Janjal davomida ayblanuvchi uyiga ketayotgan xaridorning ortidan borib, pichoq bilan bir necha bor urgan.
Oqibatda jabrlanuvchi tan jarohatlari sababi voqea joyida halok bo‘lgan. Sud hukmi bilan sotuvchi 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.