Haftalik

Haftalik yangiliklar

Qoraqalpog‘istonning ikki tumanidagi bog‘chalar jazirama sabab vaqtincha yopildi

O7gfc94lsboug95

Qoraqalpog‘iston Respublikasing Xo‘jayli hamda Taxiatosh tumanlarida davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Bu borada 15-iyul kuni tuman hokimlarining tegishli qarorlari qabul qilingan. Unda 16—18-iyul kunlari havo haroratining 40 darajadan oshishi sababli, issiq haroratning bolalar salomatligiga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida tuman hududidagi barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ish foaliyati vaqtincha to‘xtatilishi belgilangan.

“O‘zgidromet” haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayishini prognoz qilgandi. 17—19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *