Mamlakatga kelgan sayyohlar soni bir yilda 48,2 foizga o‘sdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.
2025-yil yanvar–may oylarida O‘zbekistonga 4,2 million nafar chet el fuqarolari sayohat uchun kelgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yil mos davridagiga qaraganda 1,4 million nafarga (48,2 foiz) ko‘p.
Respublikaga eng ko‘p sayyohlar Qirg‘izistondan tashrif buyurgan –1 280,1 ming nafar — 1,3 million nafar. Keyingi o‘rinlarni Tojikiston (993,7 ming nafar) va Qozog‘iston (889,6 ming nafar) vakillari band etgan. Qolgan davlatlardan kelgan sayyohlar soni quyidagicha:
- Rossiya – 334,3 ming nafar;
- Afg‘oniston – 199,2 ming nafar;
- Turkmaniston – 142,5 ming nafar;
- Turkiya – 65,8 ming nafar;
- Xitoy – 51,9 ming nafar;
- Hindiston – 28,5 ming nafar;
- Italiya – 17,4 ming nafar;
- Boshqa davlatlar – 201,1 ming nafar.