Haftalik

Haftalik yangiliklar

Google gidroelektr energiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik shartnomani imzoladi

C8fccuddo6 xgszs0ae35cors5xtqwyi

Kompaniya umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng 20 yillik shartnoma asosida elektr energiyasini sotib oladi.

Google texnologiya giganti Kanadaning Brookfield Asset Management kompaniyasi bilan Qo‘shma Shtatlarga gidroelektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu gidroelektr stansiyalari uchun toza energiya yetkazib berish bo‘yicha dunyodagi eng yirik korporativ bitimdir, deb yozdi Reuters.

Google umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng 20 yillik shartnoma asosida elektr energiyasini sotib oladi. Texnologik gigant, shuningdek, keyingi ikki yil ichida Pensilvaniya va qo‘shni shtatlardagi ma’lumotlar markazlariga 25 milliard dollar sarmoya kiritadi.

Ta’kidlanishicha, texnologiya sanoati sun’iy intellekt va bulutli hisoblash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar markazlarini quvvatlantirish uchun katta miqdorda toza elektr energiyasini talab qiladi. Ayni paytda Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi iste’moli rekord darajaga yetgani kuzatilmoqda.

Google egasi Alphabet kompaniyasi prezidenti Rut Porat AQSh prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etishi kutilayotgan Pitsburgdagi SI sammitida yangilikni muhokama qilishi kutilmoqda. U yerda sun’iy intellekt va energiyaga 70 milliard dollar sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *