Haftalik

Haftalik yangiliklar

2 yilda respublikada o‘rnatilgan liftlarning 78 foizi texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Aehrehhr8a2itoin6fazuqsuw8e52cwc

So‘nggi 2 yilda respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning 8,9 mingtasi (78 foiz) texnik sinovdan o‘tkazilmagan. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi.

Bundan tashqari, 6 mingtasi (52 foizi)ning texnik pasporti hamda 7,4 mingtasida (65 foiz) texnik xizmat ko‘rsatuvchi mavjud emas.

Liftlarni xavfsizligini ta’minlash sohasini tartibga solish maqsadida, ushbu sohada samarali tizimni joriy etgan Yevropa Ittifoqi va Turkiya tajribasi asosida, O‘zbekistonda xalqaro talablarga to‘liq muvofiq bo‘lgan va liftlarning butun hayot sikli, loyihalashdan tortib utilizatsiyagacha bo‘lgan bosqichlarda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan butunlay yangicha tizim joriy qilinmoqda.

Amalda respublikada o‘rnatilgan liftlarda servis xizmatlari hamda texnik ko‘riklarini o‘tkazish samarasiz bo‘lgan. Rivojlangan ilg‘or mamlakatlarning (Turkiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari) samara berib kelayotgan boy tajribasiga asoslangan holda binolarga o‘rnatilgan liftlarning servis va texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha yangi amaliyot joriy etilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *