Haftalik

Haftalik yangiliklar

Buxoroda sotish va qo‘llash taqiqlangan dorilarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Photo 2025 07 11 14 26 12

Buxoroda sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosiga chek qo‘yilgani ma’lum qilindi.

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni hamda unga aloqador bo‘lgan avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, “Imudon”, “Serebrolizin”, “Dofamin”, “Maaloks” kabi jami 78 nomdagi 978 quti sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Buxoro shahrida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan shaxs uning jinoiy sherigi ekani aniqlandi. “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xulosasiga ko‘ra ushbu dori vositalarining 32 nomdagisi davlat reyestrida qayd etilmagani, 57 nomdagisiga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagani, 6 nomdagisi sifatsizligi hamda 4 nomdagisi qalbakilashtirilgani, shuningdek, saqlash sharoitlariga amal qilinmagani sababli ularni sotish, saqlash va amaliyotda qo‘llash taqiqlanadi. 

Holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,186 prim 3-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, agar ushbu dori vositalari to‘xtatib qolinmaganida, ular Buxoro shahri, Shofirkon, Peshku va Romitan tumanlaridagi dorixonalar orqali sotuvga chiqib ketgan bo‘lar edi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *