Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentda yo‘lovchi qiz harakatlanib ketayotgan Nexia’dan sakradi

Photo 2025 07 08 09 06 29

Ijtimoiy tarmoqlarda qiz harakatdagi avtomashina eshigini ochib sakragani aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, holat 7-iyul kuni taxminan soat 11:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2001-yilda tug‘ilgan X.A. Nexia’ni boshqarib ketayotib, oldindan tanishi bo‘lgan 2006-yilda tug‘ilgan B.J. bilan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida tortishib qolgan. 

So‘ng fuqaro B.J. harakatlanib ketayotgan avtomashina eshigini ochib, yo‘l qatnov qismiga sakragan. Shu hududda xizmat olib borayotgan tuman IIO FMB xodimlari zudlik bilan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib borgan.

Birlamchi tibbiy ma’lumotga ko‘ra, fuqaroga “peshona va chap chap yonoq sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi hamda teri osti gematomasi” tashxisi qo‘yilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *