Haftalik

Haftalik yangiliklar

Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi

M1sl3e8eiuvpegrdd1hgsvdn9qebkt n

Ushbu skripka italiyalik usta tomonidan 1709 yilda yasalgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangan paytda u Germaniyadagi yashagan Mendelson-Bonke oilasida saqlangan.

Dunyoga mashhur italiyalik usta Antonio Stradivari tomonidan yasalgan va Ikkinchi jahon urushi oxirlarida o‘g‘irlab kelilgan Mendelssohn skripkasi Tokiodan topildi, deb xabar beradi The New York Times.

Skripka 1709 yilda yasalgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangan vaqtda u Germaniyadagi yashagan Mendelson-Bonke oilasida saqlangan. Urush vaqtida cholg‘u asbobi o‘g‘irlab ketilgan. Urushdan keyingi o‘nlab yillar davomida uni qidirish ishlari muvaffaqiyatsiz kechgan.

Madaniy meros bo‘yicha mutaxassis Karla Shapro yaqinda Tokioda 2018 yilda o‘tkazilgan Stradivarining musiqiy asboblari ko‘rgazmasida olingan suratlarni ko‘rib qolgan. U suratda o‘sha Mendelssohn’ga o‘xshash skripkani payqagan, ammo ushbu musiqiy asbob Stella deb atalgan va u 1707 yilda yasalgani keltirilgan.

Suratni o‘rganish va original tasvirlar bilan taqqoslash davomida mutaxassis skripkadagi naqshlar bir xil ekanini aniqlagan.

1,2—1,5 million dollarga baholangan Stella 2000 yilda Nyu-Yorkdagi auksion orqali sotilgan. Tarisio kimoshdi uyi asoschisi Jyeyson Prays ham bu Mendelssohn skripkasi ekanini tasdiqlagan.

2021 yil ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda Antonio Stradivari yasagan 650 ga yaqin cholg‘u asbobi saqlanib qolgan, ularning qariyb 450 tasi skripkalardir. Stradivari o‘z familiyasi ostidagi birinchi skripkani 1666 yilda, oxirgisini 1736 yilda taqdim etgan.

U skripkalardan tashqari, gitaralar, violenchel va hatto arfa ham yasagan — Stradivari yasagan cholg‘u asboblari soni 1150 taga yetadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *