Jizzax viloyatida fuqaro D.B.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro G.Q. Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi “Ko‘kjar” o‘rmon bo‘limidan D.P.ga 2022-yildagi ijara shartnomasi orqali ekoturizmni rivojlantirish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan 0,15 gektar va unga tutash bo‘lgan 0,25 gektar – jami 0,40 gektar yerni 19 ming dollarga uning nomiga rasmiylashtirib berishni aytgan.
U kelishilgan pullar hisobidan 245 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.