Fuqaro O.N.ning murojaatiga asosan Toshkent viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqarolar Sh.A. va A.S.lar oldindan til biriktirib, murojaatchiga Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanida joylashgan “O.R.” MCHJga tegishli 4 gektar noturar yerni 300 ming dollarga sotishni aytgan.
Shuningdek, yana 120 ming dollar evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ushbu obyekt turini turarga o‘tkazib, kelgusida uy-joy qurish uchun ruxsatnoma olib berish va qurilishni boshlash uchun barcha hujjatlarni rasmiylashtirib berishga vaʼda qilgan.
Mazkur shaxslar oldindan 90 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik juda ko‘p miqdorda) va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.