Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi

D60e07acb03c0790aaeae2bff83d692b

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab ichki aviaparvozlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron variantidan foydalanish mumkin bo‘ldi.

Uzbekistan Airports matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, aeroportda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yo‘lovchi Yagona portal sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, shaxsiy ma’lumotlar sahifasiga o‘tadi va elektron shaklda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tish joyidagi xodimga ko‘rsatadi.

Faqat Yagona portal sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi joriy ma’lumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida shu kabi hujjatlarning nusxalari, fotosuratlari, pasport/IDʼning skanerlangan variantlari yoki shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan veb-sayt sahifasining skrinshotlari qabul qilinmaydi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *