Haftalik

Haftalik yangiliklar

Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesib tashlandi

Photo 2025 06 30 12 10 49

Termiz shahrida 219 tup daraxt noqonuniy tarzda kesib tashlangani aniqlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahridagi archazor maydon yo‘q qilinayotgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat Prokuraturasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari  tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, mazkur hududda ko‘p qavatli turar-joy majmuasi qurilishi dastlab “Gigant Tosh Qurilish” MCHJ, keyinchalik esa ushbu obyektni meros qilib olgan Developments Rest MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Qurilish uchun ajratilgan Termiz shahri “Do‘stlik” mahallasidagi yer maydonida 356 tup daraxt mavjud bo‘lib, ular 2025-yil mart oyida viloyat ekologiya boshqarmasi mutaxassislari tomonidan rasmiy xatlovdan o‘tkazilgan. Qurilish ishlari boshlanishidan avval jamoatchilik eshituvlari ham tashkil etilgan, mavjud daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Mazkur MCHJ daraxtlarni ko‘chirib o‘tqazishga yuborgan so‘roviga viloyat Ekologiya boshqarmasi daraxt ko‘chirib o‘tqazish mavsumi emasligi sababli rad etilgan.

Biroq, belgilangan tartib va hujjatlarsiz, iyun oyida hududdagi 219 tup daraxt, jumladan eldor qarag‘ayi, vergin archasi, sharq biotasi, chinor va boshqa navlar noqonuniy tarzda kesib tashlangani aniqlangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *