Haftalik

Haftalik yangiliklar

Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlanishi oqibatida qariyb yarim mlrd so‘m zarar yetkazildi

Photo 2025 06 27 10 18 55

Sirdaryo viloyatida taqiqlangan ov qurollari bilan baliq ovlash holatlarining oldini olish maqsadida tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, reyd davomida Sirdaryo daryosidan chiqib kelayotgan “Moskvich” inspektorlar tomonidan ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasi yukxonasidan 1 dona baliq ovlashga mo‘ljallangan elektr qarmoq, 1 dona rezina qayiq, 3 dona akkumulyator hamda umumiy hisobda 19 dona baliq borligi aniqlandi.

Ovlangan baliqlar orasida 2 dona oq amur, 7 dona oqqayroq, 9 dona tovonbaliq hamda Qizil kitobga kiritilgan 1 dona Turkiston mo‘ylovdori bo‘lgan. Ular noqonuniy ravishda elektr qarmog‘i yordamida Sirdaryo daryosidan ovlangani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan hayvonot dunyosiga 495 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Barcha hujjatlar huquqiy baho berish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *