Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkentdagi tarixiy yodgorlikka 31,5 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Photo 2025 06 26 16 27 39

Toshkent shahridagi VI—XV asrlarga oid “Xonobodtepa” arxeologiya yodgorligiga 31,5 milliard so‘mlik zarar yetkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu prokuratura organlari tomonidan madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlash bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan.

“Xonobodtepa” arxeologiya yodgorligi hududi orqali ixtisoslashgan korxona tomonidan 257 metr uzunlikdagi kanalizatsiya quvuri o‘tkazilib, yodgorlikning 961 metr kub qismiga 27 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan. Bundan tashqari, ushbu korxona tomonidan yodgorlikning yana 160 metr kub qismi ekskavator yordamida kovlanib, 4,5 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Mazkur jinoiy qilmish qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *