Haftalik

Haftalik yangiliklar

Andijonda fuqaroga 300 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar olgan shaxslar ushlandi

Photo 2025 06 26 08 50 13

Andijon va Toshkent viloyatlarida imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Andijon shahrida fuqarolar M.T. va X.A. (muqaddam sudlangan) fuqaro D.M.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki hududiy tijorat banki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 300 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga 1 000 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Ohangaron tumanida fuqaro T.E. fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, unga Olmaliqdagi tijorat banklarining biridan 150 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga esa 1 100 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *