Haftalik

Haftalik yangiliklar

Dollarning rasmiy kursi 12 410 so‘mgacha tushdi

Images

Yil boshidan beri AQSh dollari o‘zbek so‘miga nisbatan 3,8 foizga arzonlashdi. Iqtisodchi Yuliy Yusupovga ko‘ra, bu holatni valuta mustahkamlanishi sifatida baholash noto‘g‘ri. «So‘mning qadri ortmayapti, balki dollarning xalqaro miqyosda zaiflashuvi kuzatilyapti», deya yozdi u.

O‘zbekiston Markaziy banki 24 iyundan boshlab xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. AQSh dollari kursi kunlik savdolar yakuniga ko‘ra yana 85,9 so‘mga o‘z qiymatini yo‘qotdi.

Umuman olganda, dollar kursi ketma-ket oltinchi savdo kuni so‘mga nisbatan pasayib, deyarli 349 so‘mga (2,7 foiz) — 12 760,2 so‘mdan 12 410,9 so‘mga arzonlashdi. Bu – 2024 yilning 29 yanvaridan (12 400 so‘m) beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkich.

Yil boshidan buyon milliy valuta AQSh valutasiga nisbatan 3,8 foizga mustahkamlandi. Taqqoslash uchun, 2024 yilning mos davrida so‘m 2,2 foizga (12 352 so‘mdan 12 625 so‘mga) qadrsizlangan edi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *