Haftalik

Haftalik yangiliklar

Qozog‘istonda elektr uzatish tarmog‘i o‘chgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi

I93zqd1s8msxqza9vmxtv29or4 tflh1

Qozog‘istonda elektr uzatish tarmog‘i o‘chgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Keltirilishicha, 19-iyun kuni soat 16:44 da Qozog‘iston Respublikasidagi “Ekibastuz” energetika uzelida noqulay ob-havo sharoiti tufayli 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chgan.

Buning natijasida Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham chastota tushishlari kuzatildi. Avariyaviy holatni bartaraf etish maqsadida ayrim hududlarda qisqa muddatli majburiy cheklovlar kiritildi.

Soat 19:30 da 500 kVli elektr uzatish liniyasidagi nosozlik bartaraf etildi va iste’molchilar ta’minoti tiklandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *