Haftalik

Haftalik yangiliklar

To‘rtta viloyatda sel xavfi eʼlon qilindi

118684 20 0 982 541 1920x0 80 0 0 e687c25802225699986a3b9441d5170c

Respublikaning to‘rtta viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga 20–22-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘ir yog‘ishi sabab bo‘ladi. Shu bois, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *