Haftalik

Haftalik yangiliklar

Chet eldan qaytgan o‘zbekistonliklarni OIVga tekshirish taklif qilindi

Photo 2025 06 10 11 00 14

Chet elda 90 kundan ortiq bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarolarini hamda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun mamlakatga kelgan xorijliklarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish taklif qilinmoqda. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida bu borada O‘zbekiston ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, mehnat migratsiyasi hajmining ortishi, xorijda bo‘lib qaytayotgan fuqarolar sonining ko‘payishi hamda chet el fuqarolarining O‘zbekiston hududiga kirib kelishi inson salomatligi uchun xavf tug‘diruvchi yuqumli kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning tarqalishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish zaruratini yuzaga keltiryapti.

Ushbu qonun loyihasi inson uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 90 kundan ortiq muddatda chet elda bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarolarini hamda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun mamlakatga kelgan xorijliklarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish nazarda tutilmoqda.

Xususan, uzluksiz 90 kun va undan ortiq muddat davomida chet elda bo‘lib qaytgan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikaga kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish belgilanmoqda. Tekshiruvlar davlat hisobidan amalga oshiriladi.

Yig‘ilishda tashabbuskorlar deputat Sherzod Qulmatovning nima uchun 90 kun belgilanayotgani masalasiga izoh berarkan, bu yuqumli kasallik inson organizmida 90 kundan so‘ng o‘zini namoyon qilishini qayd etdi. U shuningdek, chet eldan qaytgan fuqaro agar o‘zining, oilasining sog‘lig‘ini o‘ylasa, tezda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozimligini bildirdi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *