Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

Photo 2025 06 09 15 52 21

O‘zbekistonda haftaning dastlabki ikki kuni quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Prognozlarga ko‘ra, havo harorati kunduz kunlari 23-28 daraja atrofida, ba’zi joylarda 30 darajagacha bo‘ladi.

9-aprel, chorshanba kuni respublika janubida, markaziy hududlarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat 3-6 darajaga pasayadi.

Haftaning ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib 28-31 daraja bo‘ladi.

7-aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 7—8-aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda 7—11-aprel kunlari yog‘ingarilik kutilmaydi. Harorat 7—8-aprel kunlari 26-28 daraja, 9 aprelda 22-24 daraja, 10-aprelda 25-27 daraja, 11-aprelda 28-30 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari asosan 10-15 daraja bo‘ladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *